OLTINSOYDA — TERIM BOSHLANDI

Date:

Dalalarda qiyg‘os ochilgan paxtalarni ko‘rgan borki, terishga qiziqadi. Ayni kutilganidek, Oltinsoy tumanida paxta terimi boshlandi. Tumandagi Mirshodi paxta qabul qilish punktida dastlabki hosilni qabul qilishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Bahrom Maxmatrayemov so‘zga chiqib fermerlarga omad tiladi.
Aytish kerakki, 2024-yilda Oltinsoy tumanida 2686 gektar maydonda 96 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan paxta yetishtirilib, 11 ming tonna, gektaridan 42,1 sentnerdan paxta topshirish shartnomaviy rejasi belgilangan. Tumandagi Hoshim Husanov rahbarlik qilayotgan “Anorboy Kamolbek” fermer xo‘jaligi dalalarida yetishtirilgan 12 tonna “oq oltin” dastlabki paxta hosili sifatida oliy navga qabul qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun