Noqonuniy ko‘mir olganlar jarimaga tortildi

Date:

Ehtiyojimiz uchun o‘tin, ko‘mir, elektr energiya, gaz, suv kerak. Ammo bularning barini sarflash, xarid qilish uchun ma’lum mablag‘ talab etiladi. Boysun tumanidagi bir guruh fuqarolar esa ayni jihatni unutdi shekilli ko‘mirni tekinga egalik qilishni istashdi va noqonuniy tarzda qazib olishmoqchi bo‘lishdi.
Tuman Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan “uch mushketyor”ning bu qilmishi zumda aniqlanib, tegishli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 70-moddasi 1-qismi bilan BHMning 10 barobari 3 million 400 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi. Umid qilamizki, ko‘rilgan chora ularni halol yashashi uchun tegishli xulosa chiqarishiga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun