OBODLIK KO‘NGILDAN BOSHLANADI

Date:

Maʼlumki xalqimiz maʼnaviyatida, qadriyatlarida boshqa xalqlar o‘rgansa va o‘z tajribasida qo‘llashga arziydigan ko‘pgina ibratli tajribalari mavjud. Masalan, “hashar” deb atalgan tadbir barchani birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Hashar — bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-saxovat va bunyodkorlik mujassam. Xususan, Muzrabot tumani hokimligi va tuman IIB tashabbusi bilan tuman markazida hashar uyushtirildi.
Hashar davomida ko‘p qavatli uy atroflari, tashkilot va korxona hududlari, asosiy yo‘l chetlarida obodonlashtirish, tozalash ishlari olib borildi. Obodlikka hissa qo‘shganlarning amalga oshirgan ishlaridan ko‘ngillari ham ravshanlashgandek bo‘ldi. Chunki, obodlik koʼngildan boshlanadi. Zero, obod makonda ish unumli va barakali boʼlish bilan birga obod boʼlgan joyda farovonlik hukm suradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qadriyatlar qadr topgan kun

Yurtimizda qadimdan keng nishonlanib kelayotgan Navro‘z – bahor va...

Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir!

Navro‘z bu tinchlik, totuvlik, farovonlik bayrami. Millati, dinidan qat’iy...

Navro‘z sayllari xalqona shodiyonaga aylandi

Sho‘rchi tumanida qadimiy va umumxalq bayrami bo‘lgan Navro‘z keng...

Insonparvarlik yordami yuborildi

O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Eron xalqiga insonparvarlik yordami yetkazildi. Yordam...
KunTun
KunTun