Trenerlarning mahorati oshirildi

Date:

Sportda bo‘ladimi, ilm-fanda yoshlarga saboq berayotgan ustozning o‘zi yetarlicha ilm-salohiyatga, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim. Aks holda shogird ko‘nglida shubha uyg‘onishi, ustozining o‘rgatayotganlariga inonmasligi ham bor gap. Qolaversa, bugungi shiddat bilan o‘zgarayotgan zamonda doimiy tajriba almashish, sohaning eng so‘nggi metodlaridan foydalana bilish yuqori natija va muvaffaqiyatga erishishning kaliti bo‘lib xizmat qiladi.
Shu ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 19-iyundagi “Noolimpiya sport turlari bo‘yicha trenerlar uchun olimpiya sport turlari bo‘yicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 01/997-A/F-sonli buyrug‘iga asosan olimpiya sport turlari bo‘yicha masofaviy malaka oshirish kurslarida o‘qiyotgan Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari trenerlari uchun “Sport pedagogik mahoratini oshirish” modulining ko‘chma amaliy mashg‘ulotlari boshlandi.
Mazkur amaliyot har bir viloyatning markazida joylashgan eng namunali sport ta’lim muassasalari bazasida hududiy sport federatsiyalari bilan hamkorlikda tashkil qilindi. Eslatib o‘tish joizki, mazkur tadbir 18-iyul kuniga qadar davom etadi.

Oldingi sahifaSHEROBODDA G‘O‘ZA OCHILDI
Keyingi sahifaTa’tilda…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun