Huquqiy tushuncha berildi

Date:

Kimda muammo bo‘lsa, u o‘z yog‘iga qovrilib, nima qilarini bilmay o‘tirmaydi, balki u bilan qiziqadigan, har qanday masalani yechishga tayyor davlat bor ekan jamiyatda rozilik kayfiyati hukmron bo‘ladi. Adliya mas’ullarining bu borada fuqarolar bilan ochiq muloqot qilayotgani, odamlarning muammolarini o‘rganish, joyida hal etish choralarini ko‘rayotgani fikrlarimizning yaqqol isbotidir.
Boysun tumanidagi “To‘da” mahallasida Boysun tuman adliya bo‘limi xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan sayyor qabul to‘g‘risida ham shunday deyish mumkin. Qabulda 30 dan ortiq murojaat bo‘ldi. Ularning 8 tasi joyida hal etilib, 18 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. Ayrim murojaatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun alohida nazoratga olindi.
Shuningdek, tadbir davomida uyma-uy yurish orqali 10 ga yaqin xonadonga kirib borildi. Aniqlangan 9 ta muammo boʻyicha tushuntirishlar berildi. 2 nafar huquqiy muammosi bor fuqarolarning murojaatlari ish yurituvga olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun