Xotin-qizlarga yer ajratildi

Date:

Nozik xilqat vakilalari bugun erkaklar bilan yelkama-yelka turib xizmat qilmoqda. Va ular ko‘zlagan maqsadi va marralariga yetmoqdaki, qilgan mehnatlari ila yuzi yorug‘, ro‘zg‘orlari obod. Joriy yilda Angor tumani bo‘yicha “Ayollar daftari”ga 3456 nafar xotin-qiz kiritilgan bo‘lib, ularga turli yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Xususan, ikkinchi sektor hududiga qarashli to‘qqizta mahallada yashovchi 921 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Shundan 724 nafari ikkinchi yo‘nalish, ya’ni tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlarni tashkil qiladi. Shu kunga qadar ularning 710 nafarining bandligi ta’minlandi.
Tuman prokurori, ikkinchi sektor rahbari Z.Abdullayev ishtirokida “Karvon” va “Tallashqon” mahallasida yashovchi 30 nafar “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga 20 sotixdan yer bo‘lib berildi. Ushbu yer maydonlarida yerlarni yumshatish, jo‘yak tortish ishlari boshlab yuborildi. Xotin-qizlar maqsadga katta qo‘yib, ishga kirishishgan, mo‘l hosil olib, oila byudjetiga foyda keltirishmoqchi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun