Bolalarni bog‘chaga joylashtirish yanada soddalashdi

Date:

Farzandimiz bog‘cha yoshiga yetgachgina uni boshchaga navbatga qo‘yish xayolimizga keladi. Navbati kelgunga qadar esa vaqt o‘tadi. Albatta, hozirda bola tug‘ilganidanoq bog‘chaga navbatga qo‘yilishi ana shunday noqulayliklarni bartaraf etayotir. Ammo shunga qaramay, ko‘pchilik ota-onalar uchun bolani bog‘chaga navbatga qo‘yish uchun davlat xizmatlari markazlariga borish, ko‘plab bosqichlar uchun yugurish kerak deb o‘ylashadi. Bolalarni bog‘chaga joylashtirish tartibi yanada soddalashtirilgani esa ota-onalar uchun katta qulaylik bo‘ldi. Bolalarni bog‘chaga qabul qilish uchun rasmiylashtirilgan yo‘llanmalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga axborot tizimi orqali yuborish tartibi joriy etildi.
Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi soddalashtirilganligi, byurokratik to‘siqlar qisqartirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2024-yil 3-iyuldagi qaroriga asosan qator yangiliklar joriy etilmoqda. Jumladan, bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish uchun rasmiylashtirilgan yo‘llanmalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga axborot tizimi orqali yuborish tartibi joriy etildi. Bunda, yo‘llanma rasmiylashtirilganda fuqarolarga tasdiq kodga ega xabarnoma yuborish va shu tasdiq kod asosida bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilinadi.
Fuqarolarga yo‘llanma olish uchun berilgan so‘rovnomadagi telefon raqamini istalgan vaqtda o‘zgartirish imkoniyati yaratildi. Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish davlat tashkilotlarining aybi bilan kechikkanda yo‘llanma o‘z kuchida qoladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi investitsiya loyihalari ko‘zdan kechirildi

Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan “Brightly Mega Water” MCHJ korxonasining...

Sifat muhim

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi muhokama...

Yaralar tez va xavfsiz bitadi

O‘zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro...

Kitobxonlik klublari tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan yangi tashabbuslar...
KunTun
KunTun