Aerodrom to‘liq rekonstruksiya qilindi

Date:

Termiz aerodromida keng fyuzelyajli samolyotlarga cheklovlarsiz yurish imkoni yaratildi. Jumladan, ikkinchi yurish yo‘lagi (RD-A) va asosiy yurish yo‘lagi uchastkasi qurilishi yakunlandi. Har bir yurish yo‘lagining tayanch qismi kengligi 23 metr, umumiy eni esa 44 metr bo‘lib, bu Boeing787/777, Airbus 330 kabi keng fyuzelyajli samolyotlarga cheklovlarsiz yurish imkonini beradi. Shuningdek, perronda uchta samolyot turar joylarini qurish va yoritish moslamalarini o‘rnatish ishlari yakunlandi.
Rekonstruksiya uchun material sifatida uchish-qo‘nish yo‘lagi kabi sement beton ishlatilgan. Bu Surxondaryo viloyatining issiq iqlimida optimal yechim bo‘lib, uchish-qo‘nish yo‘lagi yanada mustahkam va bardoshliroq bo‘ladi.
2020-yil oxirida boshlangan rekonstruksiyaning ikkinchi bosqichi 2022-yil dekabrida yakunlangan edi. Shunda 4E toifali aerodrom majmuasining katta qismi, jumladan, uzunligi 3000 metr va eni 60 metr bo‘lgan yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi, yurish yo‘laklari va uchta samolyot turar joyi bo‘lgan perron qurilgan, shuningdek, aerodrom zamonaviy CAT-I ICAO yoritish tizimi, meteorologik va radionavigatsiya qo‘nish tizimlari bilan jihozlangan edi. Termiz aeroporti aerodrom majmuasini oxirgi marta rekonstruksiya qilish 1989-yilda amalga oshirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun