Yoz o‘tmoqda soz

Date:

Ayni ta’til kunlarida Surxondayoda ham yozgi dam olish oromgohlarida sog‘lomlashtirish tadbirlariga keng o‘rin berilgan. Sariosiyo tumanidagi “Sardor-Parvin” yozgi dam olish oromgohida ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risi”dagi 427-son qarorining tegishli bandi ijrosini ta’minlash maqsadida doimiy ravishda ertalabki badantarbiya va sport musobaqalari o‘tkazilib kelinayotir.
Kunni sport bilan, jismonan chiniqish bilan boshlagan yoshlarning kayfiyati ham a’lo, ishtiyoqi baland, ishtahasi ham joyida. Tanga darmon bo‘lguvchi toza havo, go‘zal tabiat qo‘ynida do‘stlar davrasida bo‘lish, ajoyib tadbirlarda ishtirok etish barchaga manzur bo‘lmoqda. Bunday takrorlanmas yozgi ta’til yoshlarning xotiralarida unutilmas bo‘lib qolsa, ajab emas. O‘z navbati bu yangi o‘quv yilini yangicha kuch va shijoat ila boshlashga ham munosib motivatsiya berishi aniq.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun