Surxondaryo pavilyonida…

Date:

Jizzax viloyatining Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida “II Xalqaro maqom san’ati anjumani” o‘tkazilganidan xabaringiz bor. Ushbu nufuzli festivalda bir guruh san’at va madaniyat vakillaridan iborat Surxondaryo viloyati vakillari ham o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdi.
Viloyatimiz uchun ajratilgan pavilyonning kirish qismida Surxondaryoning o‘ziga xos qadimiy obidalari, turistik salohiyatini aks ettiruvchi milliy hunarmandchilik, kasanachilik, milliy naqshlar hamda savdo rastalari bilan bezatildi. Xususan, Iso-At-Termiziy maqbarasi tushurilgan dekoratsiya, hunarmandlar tomonidan qo‘l mehnatida tikilgan 31 metrlik kashta hamda milliy cholg‘ular tomoshabinlar hayratiga sazovor bo‘ldi.
Viloyat namunali maqom ansambli, Boysun tuman madaniyat markazi jamoasi o‘zlarining kuy va qo‘shiqlari bilan ishtirok etib, san’at ixlosmandlari qalbidan joy olgan bo‘lsa, hunarmand-u oshpazlarimiz tomonidan tayyorlangan milliy taomlarimiz hamda milliy liboslar ko‘rgazmasi namoyishi barchaning e’tiborini tortdi. Ushbu ishtirok bilan vohadoshlarimiz Surxondaryoga tashrif buyuradigan mehmonlar sonini oshishiga o‘z hissalarini qo‘shishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Investitsiya faolligi oshirilsa…

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi kichik sanoat...

Eksport hajmi oshadi

Prezident tashrifi davomida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida...

Elchilar bilan muloqot

Prezident topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek...

Investitsiyalar oqimi oshmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov "Bovillus Finance" kompaniyasi rahbari...
KunTun
KunTun