Xalqaro aloqalarimiz yangi bosqichda

Date:

Vohamizda iqtisodiy sohalarda xalqaro hamkorlik aloqalariga keng e’tibor qaratilmoqda. Ayni hamkorlik aloqalari hududda ijtimoiy-iqtisodiy sohani yangi bosqichga olib chiqsa, aholi uchun ham katta imkoniyatlar eshigini ochishga xizmat qilayotir. Ayni maqsadni ko‘zlagan holda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Quvayt davlatining “Al Asaad Co For Food Stuff” kompaniyasi asoschisi Al Asaad bilan onlayn muloqot qildi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Onlayn muloqot O‘zbekistonning Quvaytdagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi va kompaniya bilan kelgusida Surxondaryo viloyatida yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishilib olindi. Viloyat rahbari Al Asaadni Surxondaryoga taklif qildi.
Shundan so‘ng, viloyat hokimi Xitoy Xalq Respublikasining “CHINA GEO ENGENIRING” kompaniyasi direktori Van Lyu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Kompaniya bilan sanoat, energetika, transport va kommunal obyektlarni qurish va geologiya sohasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikdan manfaatdor ekanliklarini, yangi loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirishga tayyorligini qayd etishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun