Voha bo‘ylab sayohat

Date:

Yoshlar kuni yurtimizda keng nishonlanib kelinadi. sana munosabati bilan tadbirlar, tanlov-u musobaqalar, uchrashuv va kechalar o‘tkazilib, yoshlar sportga, kitobxonlikka, san’atga qiziqtiriladi. Bir so‘z bilan aytganda, vaqtlarini mazmunli o‘tkazishning choralari ko‘riladi. Jarqo‘rg‘on tumanida ham ushbu bayram munosabati bilan turli tadbir va uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Tuman hokimligi tashabbusi bilan bir guruh jarqo‘rg‘onlik yoshlar uchun sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida ishtirokchilar Sariosiyo tumanidagi “Sangardak” sharsharasiga tashrif buyurdilar. Go‘zal va so‘lim tabiat manzaralaridan, tanga xush yoqguvchi salqin va toza havodan bahra oldilar. Tog‘ etaklaridan oqib o‘tguvchi sharsharaga maftun bo‘lgan yosh sayohatchilar, bir olam taassurotlar oldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun