Tungi reydda…

Date:

Har bir inson, farovon va emin-erkin yashashni istaydi. Shunday ekan, tinchlik va osoyishtalik deb atalmish bebaho ne’matni asrash har bir yurtdoshimizning burchi hisoblanadi. Xushyorlik xavf-xatardan asraydi, falokatlarning oldini oladi. Ayniqsa, tinchligimizga nimalar tahdid solayotganini oldindan ko‘rib, anglab olinsa, ularga qarshi chora topishga vaqt ham, imkon ham bo‘ladi. Bugun dunyoda yuz berayotgan turli voqea-hodisalar, tahdidlar birgina o‘sha davlat yoki mintaqa hayotiga daxldor degan inson ham adashadi.
Azaldan yurtimizda tinchlik va totuvlik, hamkorlik va hamjihatlik ruhi yuksak qadrlangan. Chunki insonlar ongini ezgu fikr egallasa, har qanday kelishmovchilik, buzg‘unchilik va yovuzlik rad etiladi. Ezgu fikrning ifodasi bo‘lgan so‘z yaxshilik va xushmuomalalikning keng yoyilishiga, bu o‘z navbatida, ezgu amallarning chuqur ildiz otishiga, har bir insonning o‘z vazifasini samimiy va sidqidildan ado etishiga va shu yo‘l bilan mamlakat rivoji hamda bunyodkorlikka yo‘l ochadi.
Shu boiski, Sho‘rchi tumanida xavfsizlik va jamoat tartibini saqlash, fuqarolar hushyorligi va ogohligini oshirish, tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida tungi reyd tashkil etildi.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi investitsiya loyihalari ko‘zdan kechirildi

Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan “Brightly Mega Water” MCHJ korxonasining...

Sifat muhim

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi muhokama...

Yaralar tez va xavfsiz bitadi

O‘zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro...

Kitobxonlik klublari tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan yangi tashabbuslar...
KunTun
KunTun