E’tibor-u e’tirofga sazovor

Date:

Ijodkor inson go‘zallikka oshno bo‘ladi. Tabiat qo‘ynida sayr qildimi, yaxshi insonlar suhbatida bo‘ldimi, darrov nimadir qoralashga, lahzalarni suratlarga muhrlashga kirishadi. Ranglar qorishig‘i ila, oq qog‘ozga kishi tomoshasidan to‘ymaydigan san’at asari dunyoga keladi. Boysun tumanida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida “Yosh musavvir” tanlovining tuman bosqichida ham yosh rassomlar tabiatdan, atrofdan ilhomlanib, surat chizishga tutindilar.
Jarayonni kuzatish zavqli va maroqli kechdi. Eng yaxshi suratlar hamaklar hay’atining e’tibori-yu e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Tanlov natijalariga ko‘ra Maxvash
Narzullayeva va Zayniddin Qulto‘rayevlar 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va diplom hamda pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...

Pillachilik – daromad va bandlik manbayi

Muzrabot tumanida 2026-yil pilla hosili uchun ipak qurti tarqatish...

Xizmat — oflayn, o‘qish — onlayn

2026–2027 o‘quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar...

Munosib voris aniq

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika maqola va insholar tanlovi mamlakatimiz...
KunTun
KunTun