Yoshlarimiz Buxoroda…

Date:

Yurtimiz bo‘ylab sayr-u sayohat qilgan inson, respublikamizning turizm salohiyati naqadar yuqori ekaniga amin bo‘ladi. Albatta, O‘zbekistonga turistlar qadamining uzilmasligining sababi ham ayni shunda. Har bir viloyatimiz o‘zining qadimiylik mahobatini saqlab qolgani bilan muhim ahamiyat kasb etayotir. Qadim va ko‘hna Xivaga, buxoro-yu Samarqandda bo‘lganlar o‘zlarining yurtimizning olis o‘tmishiga, hech bo‘lmaganda, xonlik davrlariga tushib qolgandek his etadi. Bu tariximizga, milliy qadriyatlarimiz, va madaniy meros obyektlarimizga bo‘lgan hurmatimiz, yuksak ehtiromimizning natijasi hamdir.
Bo‘sh vaqt topgan inson borki, eng avvalo, yurtimizning diqqatga sazovor joylarida bo‘lsa, ham estetik ruh, ma’naviy xordiq chiqarish bilan birga tarixiy bilimlarini-da oshiradi. Yurtimizda ichki turizmni rivojlantirish, o‘quvchi-yoshlarni madaniy-ma’rifiy merosimiz durdonalari bo‘lgan tarixiy obyektlarimiz bilan yaqindan tanishtirish, ularda ajdodlarimizning boy ma’naviy merosiga bo‘lgan hurmat va e’tibor hissini shakllantirish maqsadida Bandixon tumanidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari azim Buxoro shahrining tarixiy obidalari, diqqatga sazovor joylarida sayohat uyushtirishdi.
Sayohat davomida o‘quvchilar Buxoro va uning tarixi bilan tanishish barobarida, viloyatda joylashgan, yuksak mahorat bilan bunyod etilgan me’morchilik na’munalari hisoblangan qadimiy qadamjolar, xususan, Minorai Kalon, Labi Hovuz majmuasi, Mir Arab madrasasi, Chashma Ayub mozori, Ark qal’asi kabi ziyoratgohlarga sayohat qilib, ular haqida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lmoqdalar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’limga e’tibor

Yosh avlodga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning bilim olishi...

Tutqanoqqa davo bor

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti olimlari tomonidan...

Vatan tuyg‘usi qalblarda ulg‘ayadi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan DXX Chegara...

50 million dollarlik investitsiya

Yangi ishlab chiqarish loyihalarining hayotga tatbiq etilishi hududlarda sanoat...
KunTun
KunTun