Migratsiyadagi yoshlar ham e’tiborda

Date:

Dunyoning qay burchagida bo‘lmaylik, o‘zbek millatiga mansub qiyofani darrov taniymiz, gap-so‘zlarini eshitish esa xuddi yaqinimizni uchratgandek quvonch bag‘ishlaydi. Ayniqsa, bu insonlar bilan bir viloyat, bir tuman va qishloqdan bo‘lsak, quvonch-u hayajonimiz yana bir karra oshadi. Rossiya Federatsiyasi Ryazan viloyati “Temir yo‘lchi” tumanida migratsiyadagi yoshlar o‘rtasida ham xuddi shunday holat kuzatildi. Yoshlar oyligi doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida Termiz shahar hokimi tashabbusi bilan migratsiyadagi yoshlar o‘rtasida “Mini futbol” sport o‘yini bo‘yicha “YOSHLAR FESTIVALI” musobaqasi tashkil etildi.


Musobaqa qiziqarli, murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Asosiysi, ishtirokchilar maroq ila to‘p surdilar. Sport o‘yinidan so‘ng, bayram dasturxoni tashkil etdi. G‘oliblarning oila a’zolariga Termiz shahar hokimi O‘. To‘rayev boshchiligida sektor rahbarlari ishtirokida esdalik sovg‘alari topshirildi.
Migratsiyadagi vohadoshlarimiz ham masofaviy tarzda jarayonda ishtirok etishdi va o‘z fikr-mulohazalarini, taklif va tashakkurlarini bildirib o‘tdilar.

Sarvinoz Yaxshiboyeva,
TerDU talabasi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun