“Yoshlar oyligi” doirasida…

Date:

Har yili yozgi ta’til mavsumda maktablarda hamda oliy o‘quv yurtlarida ta’lim oladigan o‘quvchi va talabalar yozgi ta’tilga chiqishadi. Har bir yosh bundan nihoyatda mamnun holda ta’tilni intizorlik bilan kutib, ushbu kunlarni maroqli o‘tkazishni istaydi. Shuningdek, farzandlarimizning aksariyati vohamizning turli joylarida sayohatga borishlikni orzu qilishadi.
Vaholangki, yurtimizning har bir tumanida o‘quvchi-yoshlarning yozgi ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun joriy yil iyun oyining bir haftasi mamlakatimiz bo‘ylab “Yoshlar turizmi haftaligi” etib belgilanganligi yoshlarni quvontirmoqda.
Mazkur haftalik doirasida Qumqo‘rg‘on tumanidagi yoshlar va umumta’lim maktablarining o‘quvchilari uchun sayohat tashkil etildi. Ushbu sayohat davomida o‘quvchilar vohamizningi tarixiy muzey hamda Al Hakim at-Termiziy ziyoratgohida bo‘lib, buyuk bobolarimiz qabrlarini ziyorat qilishdi. U yerda o‘quvchi o‘g‘il-qizlar yurtimiz tarixiga oid qadimiy yodgorliklar bilan tanishib, chuqurroq bilimga ega bo‘lishdi.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bir ko‘ngil imorati…”

Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan har qanday davlatda insonlarning ijtimoiy...

Daryo bo‘yi “Aqlli” bo‘ladi

Surxon bo‘ylab kezar ekansiz, chor-atrof obodlik, nurafshonlik kasb etishini,...

Qariyb sakkiz million ko‘chat ekiladi

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda har yili ikki mavsumda —...

Tizimning tayanchi bo‘ladi

Bugungi kunda mamlakatimizda energetika, neft va gaz sohalarini modernizatsiya...
KunTun
KunTun