Yilning eng faol yosh xodimi aniqlandi

Date:

Sidqidildan qilingan mehnatning, albatta, mevasi totli bo‘ladi. O‘zining ish faoliyatini boshlagan yoshlar ilk kunlardanoq qunt va ishtiyoq ila ishga kirishishadi. Tashabbus, faollik ko‘rsatishadi. “Yoshlar oyligi” doirasida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarida faoliyat olib borayotgan 30 yoshdan oshmagan xodimlar orasida ham ana shunday fidoyi xodimlar talaygina. Ular o‘rtasida “Yilning eng faol yosh xodimi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi yosh xodimlarning o‘zlarini ko‘rsatishlari uchun katta imkon bo‘ldi.
Tanlovda ishtirokchilar insho yozdilar, ixtisosliklari, kasb-u koriga tegishli savollarga javob berdilar. Har bir shart qiziqarli kechdi va mahoratlarni kashf etishga xizmat qildi. Yakunda g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi. Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimi Zaynullo Nusratullayevich tanlov g‘olibi deb topildi va respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun