Kim o‘zarga yugurdi

Date:

“Besh tashabbus” olimpiadasi tobora ishtirok etuvchilar safini kengayishiga, o‘z imkoniyatlarini ishga solib, nimalarga qodir ekanini isbotlashga imkon berayotgani bilan muhim ahamiyat kasb etayotir. Termiz shahrida joylashgan Davlat xavfsizlik xizmati stadionida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida yengil atletika musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqalar jamoaviy tarzda 16-21, 22-26, 27-30 yoshli ayollar o‘rtasida 4×100 metr masofaga, erkaklar 4X400 metr masofaga yugurish bo‘yicha estafeta shaklida o‘tkazilmoqda. Har bir jamoada 4 nafar erkak va 4 nafar ayol ishtirok etadi. Musobaqani kunning birinchi qismida ayollar boshlab berishdi.
Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan musobaqada ishtirokchilar kim o‘zarga yugurdilar. Jarayon qizg‘in tus oldi. Tezkorlik, yugurish texnikasiga amal qilganlar “finish” chizig‘i tomon yetib kelib, g‘oliblik nashidasini surdilar va tanlovning respublika bosqichiga ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar.

Oldingi sahifaMavsum boshlandi…
Keyingi sahifaO‘g‘ri

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun