G‘olib magistarturada o‘qiydi

Date:

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston milliy universitetida biologiya, Toshkent kimyo-texnologiya institutida esa kimyo fanlaridan respublika fan olimpiadasi tashkil etildi. Ularda 100dan ortiq bakalavriat bosqichining bitiruvchi talabalari ishtirok etdi.
Aytish joizki, 1-bosqich olimpiada.edu.uz elektron platformasida test sinovi shaklida boʻlib oʻtib, ishtirokchilar kimyo va biologiya fanlari boʻyicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Jarayon olimpiadani oʻtkazishga masʼul hisoblangan oliy taʼlim muassasasi binosida videokuzatuv kamerasi nazoratida ostida o‘tkazildi. Keyingi bosqichda esa fanlar asosida laboratoriya mashgʻulotlari boʻyicha amaliy topshiriqlarni bajarishga to‘g‘ri keldi. Unda berilgan topshiriqlarni muddatidan oldin to‘g‘ri va aniq bajargan ishtirokchilarga ustunlik berildi.
Olimpiada gʻoliblari 1- va 2-bosqich davomida toʻplagan baliga qarab aniqlandi. Har bir fan boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan 3 nafar ishtirokchi gʻolib deb topildi. Quvonarlisi, g‘oliblar safida Termiz davlat universitetining talabasi Muzaffar Xolmatov ham bor. U kimyo fani bo‘yicha ikkinchi o‘ringa munosib ko‘rildi va maxsus diplom, esdalik sovg‘alari bilan birga oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha magistratura bosqichiga oʻqishga qabul qilish imtiyoziga ham ega bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun