A’zolik guvohnomasi topshirildi

Date:

Yildan yilga O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zolari soni yangilanib bormoqda. Surxondaryo viloyatida ham a’zo bo‘lish niyatida doimiy nomzodlar murojaat qilib keladi. Ular orasida ommaviy axborot vositalarida 1983-yildan buyon ijodiy faoliyat olib borayotgan, shu bilan birga, tibbiyot sohasining fidoyi jonkuyari bo‘lgan Jumanazar Madiyev ham bor.
Uzoq yillik faoliyati va tahliliy maqolalari bilan gazetxonlar e’tiboriga tushgan ijodkorning mehnati yuqori baholanib, O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi a’zoligiga qabul qilindi.
Uyushmaning viloyat bo‘limi tashabbusi bilan Jumanazar Madiyevning ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil qilindi. Termiz shahridagi Matbuot uyida bo‘lib o‘tgan tadbirda o‘tgan yillar davomida Jumanazar Madiyevning faoliyati, izlanishlari haqida so‘z bordi.
Yakunda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi raisi Muxiddin Abdurahmonov a’zolik guvohnomasi va ko‘krak nishonini topshirdi.

Tohir Aliqulov

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun