Eko-turizm loyihalari o‘rganildi

Date:

Har bir tizim va sohada fidoyi insonlar faoliyat yuritar ekan, o‘sha tizimning ertasidan, istiqbolidan ko‘nglingiz to‘q bo‘ladi. O‘zgarish, yangilanish, yangi loyiha va rejalar amaliyotga joriy etiladi. Ayni o‘zgarishlar nasimini sezish, yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherabod tumaniga tashrifi doirasida Ekologiya vazirligi tasaffuridagi “Surxon” davlat qo‘riqxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Qo‘riqxonaning “Qizilolma” bo‘limi “Zarautsoy” manzilida bo‘lgan tadbirda jamoat faollari, tashkilot va korxonalar ishtirok etdi. Tashrif bahonasida viloyat hokimi dastlab qo‘riqxonada bugungi kunda olib borilayotgan ishlar, ishchi xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish asnosida qo‘riqxonada o‘simlik dunyosini ko‘paytirish, jumladan yong‘oq, o‘rik daraxtlarini ekish, turizm salohiyatiga ega bo‘lgan joylarda tadbirkorlar uchun qulay ishlash muhitini tashkil etish takliflarini bildirdi.
Shuningdek, “Surxon” davlat qo‘riqxonasida samarali mehnat qilayotgan, qo‘riqxona ekotizimidagi huquqbuzarliklarni bartaraf etishda jonbozlik ko‘rsatgan qo‘riqxonaning inspeksiyasi bosh mutaxassisi To‘raboy Normurodov hamda “Vandob”” bo‘limi boshlig‘i Iskandar Eshaliyevlarga Ekologiya vazirligining “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishonini topshirdi.
Shundan so‘ng, viloyat hokimi Zarautsoy manzilida tadbirkor Baxtiyor Janayev tomonidan tashkil qilinayotgan yengil konstruksiyalardan iborat ekoturizm loyihasi taqdimoti bilan tanishib, tegishli tavsiyalar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun