Yosh ijodkorlar e’tirof etildi

Date:

Maktablarda yosh iste’dodlarni birlashtiruvchi teatr jamoalarining tashkil etilgani eng yaxshi tashabbus bo‘ldi deyish mumkin. Yoshlar bo‘sh vaqtlarida, ijod, izlanish bilan, qandaydir asarni sahnalashtirish bilan band bo‘ladi. Ijod mahsuli sifatida tayyorlangan chiqishni tomoshabinga yetkazish esa mehnatning shirin mevasi sifatida ijod ahlining ko‘nglini tog‘dek ko‘tarishi aniq. Ana shunday jamoalarni kashf etish, munosib rag‘batlantirish maqsadida esa “Turon” maktab teatri tanlovi tashkil etildi.
Tanlovning hududiy bosqichlari yuqori saviyada o‘tkazilib, haqiqiy ijodkorlar tanlanib, respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bo‘lsa. Ana shunday imkoniyatga ega bo‘lgan Sherobod tumanidagi 56-umumta’lim maktabining “Jadidlar” jamoasi tanlovning respublika bosqichida munosib ishtirok etdi.
Yakunda esa jamoa “Eng yaxshi ijodiy maktab jamoasi” nominatsiyasida g‘olib deb topildi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tomonidan diplom bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun