“Men ham davlat xizmatchisi bo‘laman”

Date:

Yoshlar o‘qib o‘rganishni, o‘z tanlagan kasbining sir-asrorlarini bilgan holda jamiyatga, sohaga naf keltirishni ko‘zlashadi. Halollik, shaffoflik ularning bosh me’zoni ekanligini faoliyatlari davomida bilish, sezish mumkin. Shu ma’noda yoshlar hayotining turli bosqichlaridan zinama-zina ko‘tarilib borishar ekan, tasavvurlarida o‘zlarini qanday kadr bo‘lishlari haqida o‘z fikrlari bo‘ladi. Surxondaryoda “Men davlat xizmatchisi bo‘laman” mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlovida ana shunday tasavvurlar qog‘ozga ko‘chdi.
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyati filiali tashabbusi va Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tanlovning viloyat bosqichida hududiy bosqichlardan g‘olib bo‘lgan 30 nafar yosh ishtirok etdi. Tanlov yoshlar ongida davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida dastlabki tushunchalarni shakllantirish, sohaga ularning qiziqishini oshirish va huquqiy bilimlarini yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan emasmi, shu sababdan ijodiy ishlarda xalqparvarlik, halollik va birdamlik g‘oyalari ustunlik qildi.
Natijalarga ko‘ra, Jarqo‘rg‘on tuman 21-maktab o‘quvchisi Malohat Turdimurodova 1-o‘ringa loyiq topildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun