Ilmiy ekspeditsiya Boysunda davom etdi

Date:

Xalq og‘zaki ijodini o‘rganish tadqiqotchidan O‘zbekiston bo‘ylab kezishni, chekka-chekka qishloq va ovullarda bo‘lishni talab etadi, xalq bilan suhbatda o‘zlari uchun katta yangiliklar, kashfiyotlar qilishi mumkin. Ayni yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar olib borgan ustozlarimizning faoliyatlari misolida anglaganmizki, bu qizg‘in va maroqli jarayon. Mehnat, mashaqqat, vaqt talab etsa-da, milliy san’atimizni o‘rganish, uning rivoji, avlodlarga bus-butun topshirish uchun hissa qo‘shish har bir izlanuvchini g‘ururlantirishi, o‘zini buyuk ishga bel bog‘lagandek his etishi shubhasiz.
Ayni maqsadda Madaniyatshunoslik va nomoddiy meros ilmiy-tadqiqot institutining bir guruh xodimlari hududlarda olib borilayotgan mahalliy etnofolklor ekspeditsiyalarni Surxondaryo viloyatida davom ettirishmoqda. Ilmiy ekspeditsiya Boysun tumanida Boysun madaniy muhiti namunalarini tadqiq qilishdan boshlandi. Jumladan, hududning eng qadimiy bo‘lgan musiqa sozlari chanqovuz, do‘mbira, ushpullak, tabiiy ipaklardan tikilgan boysun do‘ppilari singari hunarmandlar ishlari o‘rganildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Pillachilik – daromad va bandlik manbayi

Muzrabot tumanida 2026-yil pilla hosili uchun ipak qurti tarqatish...

Xizmat — oflayn, o‘qish — onlayn

2026–2027 o‘quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar...

Munosib voris aniq

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika maqola va insholar tanlovi mamlakatimiz...

Yoshlar tashabbusi amalda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-sonli qarori asosida Uyas...
KunTun
KunTun