Osiyo chempionati sovrindori tantanali kutib olindi

Date:

Sport sportchiga yulduzlik onlarni taqdim etadi. Mehnat va harakat yerda qolmasligini, albatta, rag‘bat bo‘lib ruhiyatni ko‘tarishini, inson o‘zidan faxr va iftixor tuyg‘ularini his etishga xizmat qiladi. Qozog‘istonning Aktau shahrida sambo bo‘yicha yoshlar, o‘smirlar, kadetlar va sport ustalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida ham xuddi shunday bo‘ldi.
Murosasiz kurashlarda kimdir mag‘lubiyat bilan o‘zi uchun kerakli xulosani chiqargan bo‘lsa, g‘oliblar g‘alaba nashidasini surdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Termiz tumani vakili Bobur Yangiboyev ham 71 kilogramm vazn toifasida musobaqalarda ishtirok etdi va uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, bronza medali sohibi bo‘ldi.
Tuman Sport maktabida Osiyo chempionati sovrindori murabbiylari hamda tengdoshlari ishtirokida tantanali kutib olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun