“Karyera kuni”: 120 nafar fuqaro ishga joylashdi

Date:

Yoshlikdan maqsadni va marrani katta olamiz. Qiziqishlarimiz baland bo‘lgan kasb yoki sohani qunt bilan egallashga, bor iqtidorimizni safarbar etishga urinamiz. Asosiysi, o‘z karyeramiz bilan elda e’tibor qozonishni, ardoqlanishni istaymiz. Astoydil harakat qilgan esa bu maqsadiga yetishi aniq. Asosiysi birinchi qadamni tashlashda.
Denov tumanida “Karyera kuni” munosabati bilan tashkil etilgan mehnat yarmarkasida o‘z karyerasini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar ishtirok etdi. Ularga tumanda faoliyat yuritib kelayotgan byudjet tashkilotlari va sanoat korxonalaridan 465 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlari taklif etildi.
245 nafar ishsiz fuqaroning barchasi o‘zlari uchun ma’qul bo‘ladigan munosib ish qidirdi va ularning 120 nafari ishga joylashdi. Shuningdek, qolgan 125 nafar ishsiz fuqaroga ham kerakli huquqiy tushuncha va maslahatlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...

Mehnat o‘z so‘zin aytdi

Sport maydonlarida erishilayotgan yutuqlar nafaqat individual muvaffaqiyat, balki yurt...

Bolalar uchun yangi imkoniyatlar

Mamlakatimizda “inson qadri – eng oliy qadriyat” tamoyili asosida...

100 gektarda yashil maydon

Yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil hududlarni kengaytirish davlat...
KunTun
KunTun