“Axborot-kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishoni topshirildi

Date:

Jizzax shahrida “Central Asia – 2024”: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” XVII Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tayotganidan xabardormiz.
Ushbu nufuzli konferensiya doirasida sohada samarali faoliyat olib borgan, ustoz-shogird an’analari bo‘yicha kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishda jonbozlik ko‘rsatgan, aholi, shu jumladan, yosh kitobxonlarning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini oshirishda mehnatlari singan qator faol xodimlar “Axborot-kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishoni hamda rag‘batlantiruvchi pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Quvonarlisi, taqdirlanganlar orasida Boysun tuman Axborot-kutubxona markazi direktori Muhiddin ham bor. Albatta, bunday e’tirof va e’tibor, rag‘bat bejizga emasligini voha ahli, xususan boysunliklar juda yaxshi biladi. Jonkuyar rahbarning jonkuyarligi, tashabbuskorligi, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish yo‘lidagi xizmatlari tahsinga sazovor. E’tirof esa mehnatning besamar ketmay, munosib baholanganining bir ko‘rinishidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

100 gektarda yashil maydon

Yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil hududlarni kengaytirish davlat...

Kichik loyiha — katta natija

Hududlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish nafaqat iqtisodiy o‘sishga,...

Bolalarga quvonch ulashib…

Jamiyatda mehr-oqibat va saxovat qadri baland bo‘lgan yurtda ezgu...

“Temurbek” — sahnada jonlandi

Yurtimizda buyuk ajdodlar merosini targ‘ib etish, yosh avlodni tarixiy...
KunTun
KunTun