Xizmat ko‘rsatish shoxobchalari faoliyat boshladi

Date:

“Ishlayman” desangiz-u masofa uzoqlik qilsa ham qulay taklifni rad etishga to‘g‘ri keladi. Ana shunday paytda mahallangizning o‘zida izlovingizga munosib javob topilsa, nur ustiga. Sho‘rchi tumanida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, mahalla aholisi uchun qulaylik yaratish maqsadida xizmat ko‘rsatish obyektlari foydalanishga topshirildi.
Sartaroshxona va tikuvchilik sexining faoliyat boshlashi mahalla ahlining qiziqishini oshirdi. Shu kunning o‘ziyoq 4 nafar mahalla fuqarosining bandligi ta’minlandi. Xizmat ko‘rsatish shoxobchasining faoliyat boshlagani kushonliklar uchun ham yaxshi bo‘ldi.
Yaxshi-da, tikuv sexida kimningdir bandligi ta’minlangan bo‘lsa, mahalla ahli uchun kerakli kiyim-kechaklar tikib, talabiga munosib xizmat ko‘rsatiladi. Sartaroshxonada esa har kuni erta tongdan odam gavjum bo‘lmoqda. Mahoratli sartaroshlarning ish boshlagani mijozlar sonining oshib ketishiga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun