O‘quv-seminari boshlandi

Date:

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan mahalladagi yoshlar yetakchilarini doimiy ravishda bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da o‘quv-seminar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu maqsadda Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatidagi mahallalarda faoliyat olib borayotgan 200 dan ortiq yoshlar yetakchilari “Yoshlar oromgohi”da jam bo‘lishdi.
Oromgohda, mahalla yoshlar yetakchilariga Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatining tegishli masʼullari tomonidan yoshlarga yer ajratish, liderlik qobiliyatini shakllantirish, vaqtdan unumli foydalanish, huquqbuzarlikka moyilligi bor yoshlar bilan tizimli ishlash, yoshlar murojaatlari, besh tashabbus loyihalari, “Yoshlar daftari” tizimidan maqsadli foydalanish kabi bir qator yo‘nalishlarda o‘quv seminarlari o‘tkazilayotir.
Ishonchimiz komilki, seminar ishtirokchilari o‘z faoliyatlarida yangicha yondashuv va tashabbus ko‘rsatib, yoshlarning vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun