Yadro uloqtirishda birinchi

Date:

Bugungi kunda para sport turlariga hm katta e’tibor qaratilmoqdaki, bu yoshlarga kuch, motivatsiya bag‘ishlayotir. Ular bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali maqsadlarga sarflashi reja qilinmoqda. Shubhasizki, ko‘zlangan maqsadga erishilmoqda ham. Bo‘sh vaqtidan o‘z o‘rnida foydalanayotgan yoshlarning mahoratlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsatsiyasi tomonidan Toshkent viloyatida para-atletika bo‘yicha respublika chempionati o‘tkazildi.
Chempionatda yurtimizning barcha hududlardan 150 dan ortiq sportchi g‘oliblik uchun bahslashdi. Shiddatli bahslarga boy o‘tgan musobaqalarda para atletikaning nayza, disk, yadro uloqtirish, uzunlikka sakrash hamda 100-200-400-800 metr masofaga yugurish turlari bo‘yicha sportchilar munosib ishtirok etdi.
Surxondaryolik Maryam Eshqo‘ziyeva ham munosib ishtirok etib, yadro uloqtirish sport turi bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni, yugurish sport turi bo‘yicha faxrli 2-o‘rinni egallab, tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari va diplom bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun