Ko‘zlangan maqsadga yetildi

Date:

Bugun yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishning yo‘llari ko‘p. Buning uchun shunchaki istak va ixlos bo‘lsa, kifoya. Oddiygina kitob mutolaasi ham insonga bir olam zavq-shavq baxsh etsa, til o‘rganish yoki kasb-hunar egallash ham foydali va maroqli jarayon. Xullas, har qanday muvaffaqiyatning kaliti ilmdir. Termiz muhandislik-texnologiya institutiga “Ibrat farzandlari”, “Ustoz AI”, “Mutolaa” hamda “Uz Chess” loyihalarining tarqatma materiallari yetib kelishi bilan talaba-yoshlar fikrlarimizning nechog‘lik to‘g‘ri ekaniga ishonch hosil qilishgan bo‘lsa, ajab emas.


Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tomonidan boshlangan ushbu aksiya o‘g‘il-qizlarni ilm-fan, sporgat, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga jalb etishga xizmat qildi. Bir-biridan qiziqarli va foydali chorlovlarga boy bo‘lgan tarqatma materiallarga yoshlar katta qiziqish bildirdi. Shu joining o‘zida QR-kod va bog‘lanish raqamlariga ulanib, o‘zlari uchun kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan birga kurs va mashg‘ulotlarga qatnashga qaror qildilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Instagramda yangi cheklov

Instagram 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar uchun “13+” maxsus cheklov...

Yer oila aʼzolari nomiga oʻtkaziladi

O‘zbekiston qonunchiligi yangi qadam tashlab, fermerlarga ijara asosidagi qishloq...

Kredit oqibati ogohlantiriladi

So‘nggi yillarda mamlakatda mikroqarz va iste’mol kreditlari bozori faollashmoqda....

Savodi sinovdan oʻtdi

Diktant yozish nafaqat yozuv madaniyatini rivojlantiradi, balki ona tiliga...
KunTun
KunTun