Mavsumga start berildi

Date:

Harbiylik har doim ham yoshlar qalbiga havas uyg‘otib, vatanga xizmat qilishni, aynan harbiy bo‘lishni orzu qilishga sabab bo‘ladigan soha. Shunday ekan, uyushmagan yoshlarni-da bir yerda jamlab, hayotda, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga, kelajagiga qiziqish uyg‘otishga xizmat qiladigan soha ham ayni harbiylik bilan bog‘liqdir. Shu sababdan ham “Vatanga sodiq yoshlar” loyihasiga start berildi va Qumqo‘rg‘on tumanidan 250 nafar yosh Termiz tumanida joylashgan harbiy qismda tantanali kutib olindi.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Surxondaryo viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi hamkorlikda tashkil etilgan ushbu loyiha uyushmagan yoshlar o‘rtasida tashkil etilib, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli tadbir, sport musobaqalari o‘tkazildi va yoshlarga harbiylar hayoti yaqindan tanishtirildi.
2 kun mobaynida yoshlar uchun harbiy akademiyaning professor o‘qituvchilari tomonidan o‘quv seminarlar tashkil etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Instagramda yangi cheklov

Instagram 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar uchun “13+” maxsus cheklov...

Yer oila aʼzolari nomiga oʻtkaziladi

O‘zbekiston qonunchiligi yangi qadam tashlab, fermerlarga ijara asosidagi qishloq...

Kredit oqibati ogohlantiriladi

So‘nggi yillarda mamlakatda mikroqarz va iste’mol kreditlari bozori faollashmoqda....

Savodi sinovdan oʻtdi

Diktant yozish nafaqat yozuv madaniyatini rivojlantiradi, balki ona tiliga...
KunTun
KunTun