Kitobxon yoshlar bellashdi

Date:

Bugun kitobxon yoshlar auditoriyasi ancha kengaygan. Bu targ‘ibot-tashviqotning, mutolaaga chorlovchi tadbir-u tanlovlarning kuchi deyish mumkin. Kitob o‘qigan yoshlar, albatta, atrofdagilarga ham o‘sha kitoblarni o‘qishni, asarlarning nechog‘lik qiziqarli ekanini so‘zlab beradi. Bu esa qilingan sa’y-harakatlarning shirin mevasi deyish mumkin.
Kitobxon yoshlarning qanday asarlarni o‘qib, o‘zlari uchun nechog‘lik ma’naviy ozuqa olayotganini aniqlash maqsadida Surxondaryo viloyatida “Kitobxonlik festivali” doirasida viloyat Bolalar kutubxonasida “Eng faol kitobxon o‘quvchi” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda tavsiya qilingan asarlar bo‘yicha savol-javoblar qizg‘in munozaralarga sabab bo‘ldi. Ishtirokchi o‘quvchilar savollarga javob berish orqali o‘z taassurotlarini, fikr va munosabatlarini ham bildirdilar. Shuningdek, har bir taqdimot, har bir chiqish, faollik va zukkolib munosib baholanib borildi. Yakunda Qumqurg‘on tumani 35-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Hosila Choriyeva 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Termiz shahar 26-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Maqsuda Xo‘shboqova “Eng yaxshi taqdimot” nominatsiyasida, Muzrabot tumani 39-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Charos G‘ofurova esa “Eng zukko o‘quvchi” nominatsiyasiga munosib ko‘rildi. G‘oliblar “Kitobxonlik festivalida” taqdirlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi loyihalar yo‘lga qo‘yilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrifi davomida...

Muhim qulayliklar

Muzrabot tumanida yirik loyiha doirasida mahalla guzari, to‘y va...

Platforma faolikka chorlaydi

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekistonda joriy 1-maydan...

Bu chollar — yomon chollar

So‘nggi yillarda giyohvandlikka qarshi keskin kurashilayotgan bir paytda,...
KunTun
KunTun