Viloyat hokimining tashrifidan so‘ng…

Date:

Surxondaryo viloyat hokimining hududlarda bo‘lganini turli sohalarga, ulardagi muammolarga e’tibor qaratgani-yu, mas’ullarga kerakli topshiriq va vazifalar belgilab berganini aytamiz. Xo‘sh, ushbu topshiriq va vazifalarning ijrosi qanday kechmoqda. Shu jihatlarga qiziqib, holatni o‘rganishlar davomida bildikki, Sariosiyo tumanida bo‘lib, ijtimoy-iqtisodiy, ma’naviy va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, mahallalardagi muammolar va ularning hal etilishi, yo‘l, kommunal xizmatlar ko‘rsatilishi ahvoli bilan tanishib, tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar bergan viloyat hokimining tashrifidan so‘ng, tumandagi “Shoqishloq” mahallasining 3,5 kilometr ichki yo‘llarida ta’mirlash va asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.
Shunga ko‘ra, tuman hokimi Abduqodir Donayev tomonidan mas’ullarga qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli amalga oshirish hamda sohada qat’iy nazorat o‘rnatish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, Sariosiyo tumani M-41 avtomobil yo‘l bo‘ylab amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlarning rejalari tuzilib, tegishli chora-tadbirlar bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Tumanning Gulobod mahallasidan Shirin mahallasining Chumchuqlijar bojxona postigacha bo‘lgan yo‘l bo‘ylarida ham qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun

Toshkent shahrida 7 davlat sportchilari ishtirokida o‘tgan Osiyo xalqaro...

Sudga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-martdagi farmoniga muvofiq, Tolib Bayzakov Surxondaryo...

“2+6” dasturi: sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish...

Yangi xorijiy korxona ish boshlaydi

Bandixon tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan...
KunTun
KunTun