… chora ko‘rildi

Date:

Xalqimiz har ne’matning qadriga yetib, uvolni xush ko‘rmaydi. Har narsaning ham uvoli bo‘ladi. Ortiqcha oziq-ovqat, meva-sabzavot, yegulik bo‘ladimi, iste’molimizdan ortganini uvol qilib, chiqindiga tashlagandan ko‘ra ulashishni afzal biladi. Afsuski, hamma ham shunday emas. Bandixon tuman Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan reyd tadbirlari davomida fuqaro X.T. belgilanmagan joyga eskirgan sabzavotlarni tashlab ketayotgani aniqlandi.
Xo‘sh, fuqaro nega bunday holatga yo‘q qo‘ydi. Birinchi navbatda sabzavotni uvol qildi. Yo‘qsillar yoki yaqinlar bilan baham ko‘rganida yaxshimasmidi? Ikkinchidan, eskirgan sabzavotlardan chiqadigan xid atrof-muhitga tarqalib, toza havoni bulg‘ashichi? Nahotki, bu borada o‘ylamadi?
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 91-moddasi pr.1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 340 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun