“Angor index” foydalanishga topshirildi

Date:

Qurilish materiallari, hunarmandchilik buyumlari o‘zimizda ishlab chiqarilsa, narxi arzon, aholi uchun qulay bo‘lish barobarida, hududda ishbilarmonlik muhiti rivojlanadi, ishsizlar, hunarmandlar bandligi ta’minlanadi. Ayni maqsadni ko‘zlagan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-2-iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Angor tumanining “Yuqori Xo‘jaqiya” mahallasi hududidan “Angor Index” MCHJ tomonidan zamonaviy qurilish materiallari va hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishga asoslangan yirik loyihani amalga oshirish belgilangan edi.
Buni qarangki, ushbu loyihani amalga oshirish maqsadida savdo va ishlab chiqarish majmuasining ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, tuman hokimi hamda mas’ul rahbarlar ishtirok etdi. Tadbir avvalida viloyat hokimi mazkur loyiha tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, shuningdek, aholi bandligini ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tish joizki, mazkur loyiha asosida majmuada savdo do‘konlari, omborxonalar, zamonaviy avtoturargoh faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Buning natijasida 2200 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bandlik va tadbirkorlikka keng yo‘l

Boysun tumanida yoshlar bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb...

Muammoga loyihasi yechim

Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi...

Qalblarda ezgu tilak

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z umumxalq bayrami shukuhi hukm surmoqda. Bayram...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Qumqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan xayrli va...
KunTun
KunTun