“Munozara”da “Gumata” guruhi g‘olib

Date:

Tanganing ham ikki tomoni bo‘lganidek, har bir masalaning yaxshi va yomon, ijobiy va salbiy jihatlari bo‘ladi. Muhimi biz ko‘radigan jihatni munosib himoya qilib, fikrimiz ustunligiga erishishda. Bu albatta, munozara va debatda yuzaga chiqadi.
Termiz davlat universitetida ham “Munozara” turnirining 2-hududiy bosqichi oʻtkazildiki, unda Surxondaryodagi barcha OTMlarning guruhlari ishtirok etdi. Aytish kerakki, o‘rtaga tashlangan masalalar yuzasidan qizg‘in munozaralar uyushtirildi. Jamoalar o‘z fikr va mulohazalarini faollik va jonbozlik bilan bildirdilar.
Termiz davlat universitetining “Gumata” jamoasi munosib ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Eslatib oʻtish joizki, turnirning mutlaq gʻoliblari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom va 1-oʻrin 30 million soʻm, 2-oʻrin 20 million soʻm va 3-oʻrin 15 million soʻm pul mukofoti, shuningdek, hamkor tashkilotlar tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi. Umid qilamizki, finalda ham “Gumata” jamoasi yuqori natijani qayd etib, ustozlari bildirgan ishonchni oqlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vazir TerDPIda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova Termiz davlat...

Polimer quvurlar o’zimizda ishlab chiqariladi

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati delegatsiyasi tarkibida Rossiya Federatsiyasida...

Inson resurslari rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyati hokimligida Boshqaruv samaradorligi agentligining viloyat filiali hamda...

Oldindan prognoz qilinadi

O‘zbekistonda seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy...
KunTun
KunTun