Darband–Machay–Tangisar daralari bo‘ylab…

Date:

Go‘zal tabiat manzaralarini ko‘rish uchun Yevropa-yu Amerikaga borish shart emas. Surxondaryoning tog‘li hududi sanalmish Boysunga yo‘lingiz bog‘lansa, kifoya. “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida Boysun tumanida Hayking (Hiking) ekstremal sport turi bo‘yicha tashkil etilgan turizm xizmati voha ayli-yu mehmonlarga ana shunday imkoniyatni taqdim etdi.
“Sitorai Darband” MChJ tomonidan Boysunning so‘lim go‘shalari, turistik obyektlari bo‘ylab piyoda sayohatlar uyushtirilayotir. Dastlabki piyoda sayohat Darband – Machay – Tangisar daralari bo‘ylab 10 kilometr masofada tashkil etilib, sayohatchilar tabiat qo‘ynida bahor go‘zalliklari-yu tog‘ daralarining maftunkor manzarasidan bahra olishayotir. Xo‘jamayxona bulog‘ining shifobaxsh suvidan bahramand bo‘lishayotir. Bir olam zavq-shavq olayotganlarning har birining taassuroti, fikrlari bo‘lakcha. Sayohatni ko‘ngliga tukkanlar uchun aytishimiz mumkinki, turizm xizmati davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun