Boysunda yangi film suratga olinadi

Date:

Qiyinchilik, mashaqqatlar insonni toblaydi. Hayotimizdagi ko‘p jihatlar, voqea-hodisalar saboq bo‘ladi. Ana shunday tarzda ulg‘ayamiz va qarashlarimiz o‘zgaradi. Aslida hayotning falsafasi shunday. “Bahorni quvib” deb nomlanuvchi film bosh qahramonining kechmishi ham mana shunday ta’rif-u tashbehga mos keladi. U ham ko‘plab qiyinchiliklarni boshdan kechiradi. Hayotda o‘z o‘rnini topgach, oradan o‘ttiz yil o‘tib, ma’lum sabablarga ko‘ra badarg‘a etilgan qishlog‘iga qaytadi. Bu qishloq Boysun tumanida joylashgan.
O‘z-o‘zidan anglaganingizdek, “Bahorni quvib” filmi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “O‘zbekfilm” kinokontserni tomonidan Boysun tumanida suratga olinadi.
Ssenariy muallifi – Erkin A’zam, rejissyor – Ayub Shahobiddinov. Film rejissyorining ma’lum qilishicha, tasvirga olish ishlari Surxondaryoning Boysun tumanida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Shu maqsadda u viloyatimizda bo‘lib, filmning tasvirga olish joylari bilan tanishdi.
Asosiy voqeliklar shundan keyin boshlanadi. Ushbu filmda taqdir sinovlarini mehr va shafqat bilan qarshi olish haqida so‘z boradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun