“Ibratli harbiy oila”lar aniqlandi

Date:

Oila muqaddas dargoh. Uning tinchligi, xotirjamligiga hech qanday g‘ov to‘siq bo‘lmasligi kerak. Oilada otaning ham, onaning ham o‘z o‘rni bor. Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz va Xayraobod garnizonlarida “Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasiman!” shiori ostida tashkil etilgan “Ibratli harbiy oila” koʻrik-tanlovi orali bu jihatlar yanada yaqqol ko‘zga tashlandi.
Koʻrik-tanlov bahonasida Surxondaryo viloyatining urf-odatlariga xos hunarmandchilik koʻrgazmalari, milliy kuy-qo‘shiqlari namoyon etildi. Tanlovda harbiy xizmatchilarning oilalari “Oilam — mening baxtim”, “Men uddaburon oila bekasiman”, “Farzandim — dilbandim”, “Sanʼatim — saodatim” shartlarida o‘zaro bellashib, qanday oila ekanliklarini sahna ko‘rinishlari orqali ko‘rsatib berishdi.


Harbiy xizmatchilarning oilalari o‘rtasida anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan ushbu tanlov harbiy oilalarni ijodiy salohiyatiga, yuksak intellektual qobiliyat va axloqiy fazilatlarga ega boʻlishga undash bilan birga eng asosiysi har tomonlama ibratli oilalarni aniqlab beradi.
Yakunda gʻolib va sovrindor oilalarga diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun