RAMAZON HAYITI MUNOSABATI BILAN…

Date:

Ramazon hayiti bayramini barchamiz to‘kin-sochin va fayzli dasturxon atrofida o‘tkazishni maqsad qilamiz. Istak va maqsadlarimiz moddiyatga borib taqalar ekan, aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida viloyatimizning shahar va tumanlaridagi bozorlarda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etilgan.
Shu jumladan, Muzrabot tumanida ham. Yana bir gap, yarmarkalar nomigagina arzonlashtirilganmi yoki haqiqatda. Ayni jihatlarni hisobga olib, yarmarkalarda holatni Muzrabot tumani hokimi Abdurashid Ismailov va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining tuman bo‘limi nazoratni o‘z zimmalariga olishgan.
Ramazon hayiti munosabati bilan xalqimizga qulaylik yaratishni maqsad qilgan arzonlashtirilgan oziq-ovqat savdo yarmarkasida xaridorlar kundalik turmushda zarur bo‘lgan barcha mahsulotlarni arzon va qulay narxlarda xarid qilishlari mumkin. O‘z navbatida tuman ahli yaratilgan bunday qulaylikda, arzon va sifatli mahsulotlar xarid qilishayotganidan mamnun.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun