Yerni boqsang…

Date:

Bugungi kunda ish izlab sarson bo‘lishga hojat yo‘q. Shunchaki, o‘zingizdagi imkondan foydalansangiz, pulning o‘zi oqib kelaveradi. Ya’ni xonadoningizdagi tomorqadan unumli foydalanib, ekin-tikin qilib ham daromad ko‘rish mumkinligini xalqimiz yaxshi biladi. Ishsizga ish, ishliga qo‘shimcha daromad bo‘ladigan bu jihat oilani qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlab, qozonini qaynatib, ro‘zg‘orni tebratishga ham xizmat qilayotgani quvonarli.
Sherobod tumani “G‘o‘rin-gilambob” va “Kattabog” mahallalarida ham tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Ushbu mahalla xonadonlarida issiqxonalar tashkil etilib, u yerda pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri ko‘chatlari ekilgan. Avvalo, ayollar o‘zlari egallab turgan tomorqalardan foydalanib, yetishtirgan hosilni oilasiga, ortganini esa bozorga chiqarishmoqda. Qarabsizki, bozorlarimiz ham arzon va sifatli mahsulotlar bilan to‘lgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun