NAVRO‘Z SHODIYONALARI

Date:

Navro‘z – xalqimizning azaliy qadriyatlari, ezgu orzu-intilishlarini mujassam etgan, ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lib kelayotgan qadimiy bayram. Olamni gul-u chechaklar iforiga burkab, ko‘ngillarga go‘zallik va ezgulik hislarini ulashib, Surxon vohasiga ham Navro‘zi olam kirib keldi.


Umumxalq bayramini qiziriqliklar ham bugun erta tongdan katta xursandchilik bilan kutib oldi. Navro‘z sayli boshlangan maydonda Qiziriq tuman hokimi Sherzod Rajabov o‘z tabrik so‘zi avvalida tuman ahlini hamda mehmonlarni yurtimizda keng nishonlanayotgan eng go‘zal va ardoqli bayram bilan tabriklab, Navro‘zi olam yurtimizga tinchlik-omonlik, baxt-u saodat, qut-baraka olib kelishini tiladi.


Navro‘z bayramida milliy hunarmandchilik va milliy taomlar ko‘rgazmalari namoyishi barchaning e’tiborini tortdi. Qolaversa, dosh qozonlarda sumalaklar qaynatilib, ezgu tilaklar tilandi. Folklor jamoalari va baxshilarning chiqishlari, el suygan, poytaxtdan tashrif buyurgan hamda vohalik san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar esa bayramga o‘zgacha shukuh baxsh etdi. Navro‘z shodiyonalari davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun