Yoshlarga imkon berilsa…

Date:

Qo‘lida hunari bo‘lsa-yu, undan foydalanishga imkoni bo‘lmasa, bundan yomoni bo‘lmasa kerak. Yurtimizda esa inson o‘zining haq-huquqlarini, imtiyoz va imkoniyatlarini bilsa, imkonsizlik haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Termiz tumanilik Azamat Husanovning ham qo‘lida guldek hunari bor. Qo‘liga qaychi-taroq tushsa, mijozining ko‘nglini shodlantirmay, ishini bitkazmaydi.
Ammo, bu faqat qaychi-taroq bilan amalga oshadigan ish emas. Azamat uyida sartaroshxona ochib, ishlab kelmoqda. Ammo, qo‘shimcha asbob-uskunalari bo‘lsa, sartarosh yigit bundan-da ko‘proq ishga qodir ekanini ko‘rsata oladi. Mahallasidagi yoshlar yetakchisi esa Azamatning qiziqishlarini payqab, “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi orqali zarur asbob-uskunalar olib berishga muvaffaq bo‘ldi.
Ana shundan keyin, sartarosh yigitning zavqi toshib, katta qiziqish bilan ishga sho‘ng‘idi. Hozirgi kunda yosh sartaroshning 5 nafar shogirdi bor. Azamat kelajakda ishini kengaytirib oʻziga oʻxshagan yoshlarni ish bilan taʼminlashni maqsad qilgan. Hech bir yosh imkonsizlikdan qiynalib, aro yo‘lda qolmasligini istaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar muhokamada

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i...

Yangi takliflar ilgari surildi

Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga muvofiq, Termiz davlat universiteti huzuridagi...

“Nonni bosgan qizaloq”

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan Hans Christian...

Ishonchli g‘alaba!

Buxoro mezbonligida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Voleybol...
KunTun
KunTun