Ramazon oyida muhim tavsiya…

Date:

Qishda organizm vitaminlar tanqisligiga uchrashi aniq. Sababi yozdagidek meva-sabzavotlar qayoqda deysiz. Shu sababdan ham erta bahorda ko‘katli taomlar, immunitetni ko‘taruvchi mahsulotlarga ehtiyojimiz oshadi. Ayniqsa, ramazon oyining bahor fasliga to‘g‘ri kelgani insonni toliqtirib qo‘yishi mumkinligidan ko‘pchiligimiz tashvishlanishimiz ham bor gap. Shunga qaramay, to‘g‘ri ovqatlanish rejimiga amal qilib, foydali va vitaminlarga boy mahsulotlarni iste’mol qilsak, tashvishlanishga o‘rin qolmaydi.
Iftorlik va saharlik oraligʻida koʻp miqdorda suv ichish tavsiya etiladi. Kunduzi havo harorati yuqori boʻlganda koʻp terlashni keltirib chiqarishi mumkin. Yoʻqotilgan suyuqlik oʻrnini qoplash uchun esa koʻproq suv ichish tavsiya etiladi. Sersuv mahsulotlar tanovul qilish orqali ham bu meʼyorni qisman qoplash mumkin. Buning uchun saharlik paytida yoki iftorlikdan keyin dessert sifatida hoʻl mevalardan iste’mol qilish foydali.
Tarkibida kofein mavjud boʻlgan mahsulotlar – kofe, kola kabi ichimliklardan voz kechish lozim, bu modda organizmda suv miqdori kamayishiga olib keladi.
“Ogʻizni yopish”dan oldin ovqat tanovul qilish, saharlikda yengil taomlanish lozim. Shunday toifadagi bemorlar borki, roʻza tutish ularning salomatligi uchun xavfli boʻlishi mumkin. Mutaxassislar fikricha, jarrohlik amaliyoti oʻtkazilishini talab qiluvchi va operatsiyadan keyingi davrda bemorlar roʻza tutishi maqsadga muvofiq emas.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun