Tayyorgarlik avjida

Date:

Bahor faslining kirib kelishi qalbimizda Navro‘z shukuhini ham olib kiradi. Ko‘k somsa, ko‘k chuchvara-yu halimlar, sumalaklar pishirishga tutinamiz. Qish bo‘yi toliqqan, vitaminlarga tashna organizmimizni tanimizga kuch bo‘lguvchi taomlar bilan siylaymiz. Ha, Navro‘zda ham yaqinlar ana shunday pishir-kuydirni boshlab, Navro‘z sayllariga borishni reja qilamiz. Xo‘sh, bu yilgi Navro‘z sayllari qanday o‘tarkan, degan savol miyamizga charx ura boshlaydi.
Surxondaryo viloyati hokimi Navro‘z ayyomini har yilgidan-da o‘zgacha, yuqori kayfiyatda o‘tishini niyat qilib, munosib tayyorgarlik ko‘rilishi bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlarni bergan edi. Tayyorgarlik jarayoni qanday kechayotganiga qiziqqan viloyat rahbari Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar, tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.
Aytish kerakki, tayyorgarlik ishlari qizg‘in tus olgan. San’at saroyi qisqa fursatlarda voha ahli-yu mehmonlarni o‘z bag‘riga chorlab, milliy dunyomizga olib kirsa, ajab emas. Buning uchun eng avvalo, hududda obodonlashtirish va daraxt, buta hamda gul ko‘chatlari ekish ishlari olib borildi.
Shuningdek, Termiz shahridagi eski, ta’mirtalab turar joylarni renovatsiya qilish, yangi ko‘p qavatli uy-joylarni qurish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha taqdimot qilindi. Mutasaddilarga loyihalarni aholi bilan kelishish, ularning talab va takliflarini inobatga olgan holda maromiga yetkazish topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun