“Talabalar bahori” yoshlar festivali boshlandi

Date:

Yoshlarga imkon berilsa, ular kosmosni-da zabt etishga qodir. Ana shunday imkoniyatlardan foydalanib kelayotgan yigit-qizlar jamiyatnng har jabhasida faollik ko‘rsatib kelishayotir. Ertangi kun egalari kutilayotganidan-da ko‘proq natijalarga erishib, bildirilgan ishonchni oqlashayotgani quvonchli.
Yoshlarning vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli tadbirlar uyushtirilib kelinmoqda. Ayni bayor ayyomining boshlanishi bilan Termiz shahrida “Talabalar bahori” yoshlar festivaliga start berilishi barcha yoshni bir maqsad yo‘lida birlashtirdi. Buni erta tongdan festival doirasida yugurish marafoni sabab Termiz shahridagi “Surxon” sport majmuasi yoshlar bilan gavjum bo‘lganidan ham sezish qiyin emas.
Ushbu nuqtada boshlangan ommaviy yugurish marafoni 3 kilometr masofa etib belgilandi va finish chizig‘i “Bolajon” istirohat bog‘i chorrahasiga qadar bo‘ladigan bo‘ldi. Barcha sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etgan holda faollik ko‘rsatib yugurdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiyotda kontrakt oshirilmaydi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonning tibbiyot va farmatsevtika ta’limi tizimida...

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...
KunTun
KunTun