Sangardak mahallasi raisi g‘olib

Date:

Eng namunali mahalla raisi sifatida Sariosiyo tumanidagi Sangardak mahallasi raisini e’tirof etish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-402-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 22-bandiga muvofiq o‘tkazilgan “Eng namunali mahalla raisi” tanlovining viloyat bosqichida bu aniq bo‘ldi.
Aytish kerakki, mahalla raisi o‘z hududidagi aholini yaxshi bilishi, ularning dard-u tashvishi, muammolari bilan qiziqishi, munosib yechim topishi uchun bor imkoniyatlarini ishga solishi kerak. Bu borada Sangardak mahallasi raisi O‘.Mirzayevning tajribasi katta. U mahalladagi har bir fuqaroni yaxshi taniydi, o‘z ishining ustasi bo‘lgani uchun ham sangardakliklarning hurmati cheksiz. U kishining viloyat bosqichida g‘olib bo‘lganini eshitgan mahalladoshi borki, raisi munosib baholanganidan shod.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun