Xalqaro ilmiy elektron platforma ishga tushirildi

Date:

Bobur siymosini abadiylashtirish, uning o‘lmas merosini keng targ‘ib etish maqsadida Xalqaro Boburshunoslik ilmiy elektron platformasi yaratilgan edi. Ayni paytda platformani yanada mukammal shaklga keltirish, uning mobil ilovasini yaratish ustida ish olib borilmoqda.
Mazkur platformaning rasmiy domeni sinov tariqasida https://baburid.uz/ deb nomlanadi. Ushbu platforma uchun xarid qilingan internet maydoni hajmi 20 000 dan ziyod kitob, maqola kabi fayllarning yuklamasini o‘zida mujassamlashga qodir.
Platformaning bosh sahifasiga tanlangan kontent va ma’lumotlar maktab yoshidagi bolalardan tortib, katta yoshli auditoriyani ham o‘ziga jalb qilishi nazarda tutilib, boburiylar davriga oid sara miniatyuralar, asarlardan iqtiboslar hamda “O‘zbekkino” ijodkori, rejissyor Bobur Sher o‘g‘li tomonidan suratga olingan “Zahiriddin Muhammad Bobur” hujjatli tarixiy dramasidagi kerakli videolavhalar ajratib olindi va mavzulashtirilgan holda joylashtirib chiqildi. Bundan maqsad Boburning badiiy obrazining yangi talqinini ijro etgan yosh aktyor Ilhom Berdiyev va xalqimiz tomonidan uzoq yillar davomida suyib qabul qilingan, O‘zbekiston xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov ijrosidagi suratlardan ham unumli foydalanilgan.
Platformaning “Virtual sayohat” bo‘limida “Bobur va jahon madaniyati muzeyi”, “Bog‘i Bobur istirohat bog‘i”, “Boburning ramziy qabri”, “Bobur xalqaro jamoat fondi”, “ Andijon shaharsozlik madaniyati” muzeylariga sayohat qilish imkoniyati yaratildi.
Hozirda saytning taqdim etilayotgan mazkur ko‘rinishi platformaning poydevor qismi sanalib, 4 oy mobaynida tayyorlangan. Endilikda loyihaning davom ettirilish jarayonida ushbu platformaning mobil ilovasini yaratish, platformaning tarmoqlarini ham ommabop, ham ilmiy asosda to‘ldirish reja qilingan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...

Sariosiyo — yirik qurilishlar maydoni

Sariosiyo tumanida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish...
KunTun
KunTun